18:34 / 22.06.2016
5875

Armaniston prezidenti MXX razvedka xizmati rahbarini ishdan bo‘shatdi

Armaniston prezidenti Serj Sargsyan mamlakat Milliy xavfsizlik xizmati direktori o‘rinbosari, razvedka boshqarmasi boshlig‘i Garegin Mxitaryanni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar tarqatgan.

"Milliy xavfsizlik xizmati direktori o‘rinbosari lavozimiga Stepan Melkonyan", tayinlandi deyilgan xabarda.

Xabarda ushbu o‘zgarish sababi keltirilmagan.

Bundan oldinroq, prezident tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ hududiga borishi haqida xabar qilingandi.

Top