02:08 / 22.06.2016
10830

Yevro-2016. Xorvatiya amaldagi chempionning popugini pasaytirib qo‘ydi

Yevropa chempionati qizigandan qizib bormoqda. Hozirgina D guruhi vakillari guruh bosqichini tugatishdi. Xorvatiya amaldagi Yevropa chempioni Ispaniya terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi va guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yevro-2016. 3-tur. D guruhi
Xorvatiya – Ispaniya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 7 Morata, 1:1 – 45 Kalinich, 2:1 – 87 Perishich.
Xorvatiya: Subashich, Chorluka, Vrsalko, Srna, Yedvay, Rakitich, Badel, Perishich (Kramarich, 90), Rog (Kovachich, 82), Pyatsa (Chop, 90), Kalinich.
Ispaniya: De Xea, Pike, Alba, Xuanfran, Ramos, Inesta, Buskets, Silva, Fabregas (Alkantara, 84), Nolito (Soriano, 60), Morata (Aduris, 67).
Ogohlantirishlar: Rog (29), Vrsalko (70), Srna (70), Perishich (88).

Top