15:02 / 22.06.2016
14927

Futbol fanatizmining qora tomonlari

Bugungi kunda milliardlar o‘yiniga aylangan futbol kishilik qadriyatlaridan biriga ham aylandi. Yashil maydonda kechadigan uchrashuvlar futbol ixlosmandlariga yanada ko‘proq zavq bag‘ishlay boshladi. Muxlis sevimli jamoasining muhim uchrashuvda maydonga chiqqanida barchasini bir chetga surib, butun e'tiborini o‘yinga qaratadi.

Hayotdagi barcha shirin va achchiq narsalarning me'yori bo‘lgani singari g‘oliblik va mag‘lubiyatning ham, ishqibozlikning ham o‘z me'yori bor. Chunki hayot quvonch va tashvishlari va yoki umumiy ma'noda yashashning o‘zi bu narsalardan iborat emas. 

Futbol ixlosmandlari orasida fanatizmning alomatlari ham uchrab turadiki, bu “kasallikka” chalinganlar o‘zlarini unutgan holda futbol jamoasiga va yoki futbol yulduzlariga fanatlik qilishadi. Butun hayotlarining mazmuni ana shular bo‘lib qoladi.

Ahvol futbol yulduzlariga sig‘inish darajasiga ham yetib keldi.

Quyidagi suratlar va videolarda fanatizmning inson ongini zaxarlaydigan naqadar kuchli kasallik ekanligini ko‘rish mumkin. Xususan, kuni-kecha Amerika Kubogi doirasida o‘tgan Argentina-AQSh uchrashuvi vaqtida Messining fanati maydonga tushib kelib, unga “sajda” qildi.

Undan oldinroq esa Yevro-2016 chempionati doirasidagi Portugaliyaning Avstriyaga qarshi o‘yinidan keyin portugallar hujumchisi Krishtianu Ronalduning muxlisi maydonga yugurib chiqib, futbolchi bilan hovliqqanicha suratga tushishga intilib, uning qarshisida dag‘-dag‘ titraganiga butun olam guvoh bo‘lgan edi.

 

Top