19:25 / 22.06.2016
4967

Hindiston ShHT hujjatlarini bir yil ichida imzolashni rejalashtirayapti

Hindiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo‘lishni o‘zi uchun "foydali" bitim sifatida baholaydi va ShHTga a'zo davlatlar energetika salohiyatiga e'tibor qaratadi, deb bayonot bergan Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sujata Mexta.

ShHTning 2015 yilgi Ufa sammitida Hindiston va Pokistonni tashkilotning teng huquqli a'zosi sifatida qabul qilish jarayoni boshlangan edi.  

Tashkilotning 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammitida Hindiston hamda Pokiston davlatlari tomonidan majburiyatlarni qabul qilishi to‘g‘risidagi memorandumlar imzolanishi kutilayapti. 

Mextaning qayd etishicha, ayni shu bilan mamlakatning Tashkilotdagi a'zoligi boshlanadi. Uning taxmin qilishicha, Hindiston bir yil mobaynida ShHTning barcha normativ hujjatlarini imzolab, tashkilotning teng huquqli a'zosi bo‘lish jarayonini yakunlaydi.  

Bundan tashqari, Hindiston ShHT a'zolari bilan turli sohalar — savdo, transport, madaniyat, terrorizmga qarshi kurash borasida hamkorlik qilib keladi. 

Rasmiy Dehli, ShHTga a'zo bo‘lish bilan bu aloqalar yanada mustahkamlanishidan umid qilmoqda.

Top