20:51 / 22.06.2016
9812

Rossiya prezidenti yordamchisi: Afg‘onistondagi vaziyat yomonlashib, "Tolibon" mustahkamlanmoqda

Toshkentda 23 iyunda Shanxay hamkorlik tashkiloti yetakchilari uchrashuvida Afg‘onistondagi vaziyatga katta e'tibor ajratiladi, deb ma'lum qildi jurnalistlarga Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Kremlning baholashicha, Afg‘onistonda yomonlashishga moyil bo‘lgan, shu jumladan toliblar harakatining mustahkamlanishi bilan bog‘liq keskin vaziyat saqlanib qolmoqda. "Afg‘onistonda qurollangan ekstremistlarning umumiy miqdori 60 ming kishiga baholanmoqda, ulardan 10 mingi IShID otryadlariga kiradi", deb aytdi Ushakov.

Top