16:44 / 22.06.2016
4133

Toshkentda ShHT Milliy koordinatorlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

2016 yilning 20-22 iyun kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar tarqatdi.

Yig‘ilishda Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasining muxtor delegatsiyalari tomonidan ShHTda O‘zbekiston raisligining yakunlanayotgan bosqichi va ShHTning Toshkent sammitiga tayyorgarlik bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi hamda ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisining yakuniy hujjatlari kelishildi.

Top