10:51 / 23.06.2016
3715

BMT: Bahrayn hukumati ikki yil ichida 250 ga yaqin kishini fuqarolikdan mahrum etgan

Bahrayn hukumati 2014 yildan beri 250 ga yaqin kishini fuqaroligidan mahrum etgan. Ular podshohlikning milliy manfaatlariga xiyonat qilganlikda ayblangan, deb xabar qilmoqda genotsidlarning oldini olish masalalari bo‘yicha BMT maxsus maslahatchisi Adama Ding bayonot bergan.

U yozma shaklda e'lon qilgan bayonotida 20 iyun kuni obro‘li shia diniy rahnamosi Iso Ahmad Qosimning fuqarolikdan mahrum etilishi "yaqin kunlarda Bahraynda keskinlikning kuchayishiga olib kelishi mumkin", degan fikrni bildirgan. 

Adama Ding podshohlik hukumatini tinch yig‘ilishlar o‘tkazish huquqini hurmat qilishga, norozilik namoyishi ishtirokchilarini esa, har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan. 

Uning fikricha, Bahrayndagi turli diniy guruhlar, ayniqsa, shia jamoalarini ta'qib qilish, mahalliy shia guruhlarining noroziligini yo‘qotish o‘rniga, kuchaytirishga xizmat qiladi.

Top