16:34 / 23.06.2016
4924

Xitoy TIV: Pekin birlashgan Yevropa tarafdori

Xitoy har doim Yevropa qit'asida integratsiya jarayoni tarafdori bo‘lib kelgan hamda kuchli va birlashgan Yevropani ko‘rishni xohlaydi, deb bayonot bergan XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishiga oid referendumga rasmiy Pekin munosabatini bildirar ekan. 

"Biz, referendumning borishini diqqat bilan kuzatamiz. Biz Britaniya xalqi tanlovini hurmat qilamiz. Ammo, Xitoy tomoni doimo Yevropadagi integratsiya jarayonini ma'qullagan va xalqaro maydonda muhim o‘ringa ega bo‘lgan, birlashgan, kuchli, barqaror Yevropani ko‘rishni istagan", — degan Xua Chunin.

23 iyun kuni Buyuk Britaniyada mamlakatning YeI tarkibidan chiqishiga oydinlik kirituvchi umumxalq referendumi bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat fuqarolari, o‘z davlatlarining kelasi o‘n yilliklardagi rivojlanish yo‘nalishini tanlab olishlari kerak hamda: "Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqining a'zosi bo‘lib qolishi kerakmi yoki Yevropa Ittifoqidan chiqishi kerakmi?" degan savolga oydinlik kiritib olishlari lozim.

Top