12:42 / 23.06.2016
8692

Islandiyalik sharhlovchi Avstriyaga qarshi o‘yinning oxirgi daqiqasida jazavaga tushib qoldi

Islandiyalik futbol sharhlovchisi mamlakat terma jamoasining Avstriyaga qarshi o‘yini oxirgi daqiqasida o‘tib borayotgan vaqtda ikkinchi golni urish uchun hujum uyushtirganida qattiq hayajonga berildi. Bu vaziyatda Islandiya futbolchilari qarshi hujumga o‘tishdi va bu hujum davomida o‘yinni sharhlayotgan islandiyalik sharhlovchining "tutqanog‘i tutib qoldi".

Bu holat tasviri internetda tarqalgan.

Bu vaqtda o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilib turgan, avstriyaliklar gol urishsa, islandlar turnirni tark etishi mumkin edi.

Parij yaqinidagi Sen-Deni shahridagi «Stad de Frans» o‘yingohida kechgan bu o‘yinning 94-daqiqasida Islandiya futbolchisi Arnor Ingvi Traustason gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Natijada, islandlar guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqdi.

Endi o‘z tarixida ilk marta Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan Islandiya 27 iyun kuni nimchorak final doirasida Angliyaga qarshi Nitstsa shahridagi stadionda uchrashuv o‘tkazadi.

Manba: Tribuna.uz

Top