10:55 / 23.06.2016
7107

OAV: KXDR AQShdan Koreya Respublikasidagi qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilmoqda

KXDR AQSh Janubiy Koreyadan darhol o‘z qo‘shinlarini olib chiqib, bu mintaqadan yadroviy qurolini yo‘q qilishni talab qilmoqda. Bu haqida "Nodon sinmun" gazetasida chop etilgan TsTAK agentligining izohida ma'lum qilingan. 

Unda ta'kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlarning provakatsion harakatlari "Koreya yarimorolida xavfli vaziyatni" yuzaga keltirmoqda. Amerikaning "Missisipi" atom suvosti kemasining Janubiy Koreyadagi Pusan portiga keltirilishi hamda 17 iyunda u yerdagi havo kengligida o‘tkazilgan V-52 strategik bombardimonlari ishtirokidagi harakatlari Pxenyanda qat'iy norozilik tug‘dirdi. 

Manba xabariga ko‘ra, AQSh Koreya yarimoroli va Shimoli-Sharqiy Osiyoga alohida e'tibor qaratib, bu mintaqada o‘zining salohiyatli raqiblari - Rossiya va Xitoyning ta'siri o‘sishini cheklashga harakat qilmoqda. AQSh shu maqsadda ushbu mintaqada harbiy kuchlarini oshirmoqda va har yili Janubiy Koreyadagi amerikalik harbiylar ishtirokida keng ko‘lamli harakatlar olib bormoqda. Izoh mualliflari bunday vaziyatda Vashingtonning Pxenyandan yadroviy quroldan voz kechishni talab qilishi "o‘rinsiz", deb hisoblashmoqda. 

"AQSh Xalq Respublikasiga nisbatan dushmanona siyosatni olib borib, Janubiy Koreyada o‘z qo‘shinlarini ushlab turishda davom etar ekan, KXDR yadroviy salohiyatini oshiraveradi", - deya ogohlantirdi axborot agentligi. 

Koreya Respublikasida amerikalik 28,5 ming nafar harbiy mavjud.

Amerika harbiylarining Janubiy Koreyada faoliyat ko‘rsatishi 1950-1953 yillarda bo‘lib o‘tgan Koreya urushidan keyin odat tusiga kirgan. Urush yarashuv bilan tugagan bo‘lsa-da, rasman Shimol va Janub dushmanlik shukuhini saqlab qolishgan.

Top