00:35 / 23.06.2016
4929

Oq uy: NATO – mudofaa alyansi

NATO AQSh milliy xavfsizligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega "mudofaa alyansi" hisoblanadi. Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest Rossiya prezidenti Vladimir Putinning alyans haqidagi so‘zlariga jurnalistlar uchun brifingda shunday javob berdi.

Uning aytishicha, alyansga a'zo bo‘lgan AQShning "ittifoqdoshlari va hamkorlari" ham "butun dunyoda sodir bo‘ladigan voqealarga munosabat bildiradi".

Putin barcha davlatlarni xalqaro terrorchilikka qarshi kurash uchun birlashishga chaqirdi. Putin terrorchilikni Ikkinchi jahon urushi oldidan natsizmning ko‘tarilishi bilan taqqosladi. 

Uning aytishicha, NATO Rossiya chegaralari oldida "o‘zining tajovuzkor harakatlarini kuchaytirmoqda". "Biz bunday sharoitlarda mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oshirish bilan bog‘liq vazifalarni hal qilishga alohida e'tibor ajratishimiz kerak", deb ta'kidlab o‘tdi Putin.

Top