23:00 / 24.06.2016
10593

Yangi optik illyuziya internet foydalanuvchilari o‘rtasida bahsga sabab bo‘ldi

Imgur ijtimoiy tarmog‘ining Bruuntilde taxallusli foydalanuvchisi suratda ko‘l ko‘rinayotgani haqida javob berish taklifi bildirilgan suratni chop etdi.

Foydalanuvchilar ikki tomonga bo‘lindilar: ba'zilar suratda devor, boshqalar esa ko‘l ko‘rinayotganini aytishgan. Suratga Daily Mail nashri e'tibor qaratdi. Jurnalistlar qo‘yilgan savolga javob topib, bahsni hal qila oldilar.

Ular suratda devor tasvirlanganini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi. Agar surat kattalashtirilsa, unda beton teksturasini aniq ko‘rish mumkin, qumni eslatuvchi yuqoridagi oq polosa esa bor-yo‘g‘i devorning tepa qismidir.

Top