16:52 / 24.06.2016
9012

Yevropa Ittifoqi "misli ko‘rilmagan vaziyat"ga birdamlik bilan javob qaytardi

Yevroittifoq rahbariyati Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishiga doir referendumdagi saylov natijalariga qaramay, tashkilotga a'zo mamlakatlarning birdamligi haqidagi bayonotni chop etdi. Ushbu bayonot Yevropa kengashi raisi Donald Tusk, Yevroparlament rahbari Martin Shults va Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerlar tomonidan imzolandi. 

"Bu misli ko‘rilmagan vaziyat, ammo biz unga birdamlik bilan javob qaytaramiz. Biz o‘z ahdimizga sobit qolamiz va YeIning fundamental qadriyatlarini, shuningdek Yevroittifoq hududida yashovchi kishilarning farovon turmushini himoya qilamiz", - deyiladi rasmiy hujjatning matnida. 

Shu bilan birga unda Yevropa xalqlarining tarix, geografiya va umumiy qiziqishlari bilan bog‘liq siyosiy kelajagi uchun YeI shakllantirish omili hisoblanishi qayd etilgan.

Top