15:08 / 24.06.2016
4634

Qozog‘istonda YTH: to‘rt nafar qirg‘izistonlik kichik yoshli bola halok bo‘lgan

Qozog‘istondagi Olmaota-Ostona avtotrassasida yuz bergan YTH natijasida besh nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘ldi. Qurbonlarning to‘rt nafari kichik yoshli bolalardir. Bu haqda mamlakat ichki siyosat tashkilotining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq "Novosti-Kazaxstan" agentligi Mercedes Vito mikroavtobusi va Setra avtobusi to‘qnashib ketishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, yana to‘rt nafari jarohatlangani haqida ma'lum qilgan edi.


TIV xabariga ko‘ra, respublikaning yana besh fuqarosi og‘ir jarohat olgan va Qarag‘anda viloyatining Priozersk shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

"Voqea joyiga Olmaotadagi Qirg‘iziston bosh konsulligidan xodimlar yetib kelgan. Ular vaziyatni o‘rganishni va zarur yordam ko‘rsatishni maqsad qilishgan", — deyiladi matbuot xizmati bergan ma'lumotda. Aniqlashtirilishicha, Mercedes Vito avtomobilida o‘n nafar Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan.

Ayni damda voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini boshlab yuborishgan.

Top