19:46 / 24.06.2016
14116

Muftiy hazratlari Shayx Zayniddin jome masjidiga tashrif buyurdilar

Qalblarga cheksiz surur baxsh etguvchi muqqaddas Ramazon oyi ko‘ngillarga ajib bir xotirjamlik solmoqda. Shu ulug‘ kunlarda saodatdan umidvor har mo‘min ro‘za tutib, ibodatlar to‘kisligiga intilmoqda. Yurtimizdagi barcha masjidlarda ushbu oyga bag‘ishlangan ibodat marosimlari yuksak ko‘tarinkilik va keng sharoitlar asosida o‘tkazilmoqda. 

Quvonarlisi shundaki, Mohi Ramazonning 19-kuni, ya'ni 23 iyun sanasida Shayxontohur tumanidagi Shayx Zayniddin masjidiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari tashrif buyurdilar. 

Muftiy hazratlari jome masjidida Xatmi Qur'onni ado etib berayotgan hofizi Qur'onlarga, shuningdek, ibodat marosimlarining har tomonlama chiroyli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shayotgan mas'ullarga minnatdorlik bildirdilar. Shuningdek, bugungi Ne'matlarga shukr qilishlikka, tinchlik yo‘lida doimo ogoh bo‘lmoqlikka chaqirdi. 

Muftiy hazratlari namozxonlarga barcha yutuqlarimiz asosi bo‘lgan tinchlik va farovonlik ne'mati, e'tiqod mustahkamligi, shukronalik singari mavzularda ma'ruza qildilar. Vatanimizning yanada ravnaq topishi, yurtimizning abadiy tinchligi, obodligi va hayotimizning yanada farovon bo‘lishini tilab, duo qildilar. 

Shayx Zayniddin jome masjidi matbuot xizmati

Top