16:16 / 24.06.2016
8000

ShHT yetakchilari Afg‘onistonda tinchlikka erishish tezlashtirilishi tarafdori

Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari rahbarlari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik ta'minlanishini mintaqa xavfsizligi ta'minlanishining asosiy zarurati deb bilishadi.

"Tashkilot yetakchilari Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlikning tez orada ta'minlanishi mintaqa xavfsizligi uchun muhim omildir", deyilgan Toshkent deklaratsiyasida.

Qayd etilishicha, ShHT davlatlari Afg‘oniston ichkarisidagi ziddiyatlarning yarashuv yo‘li bilan bartaraf etilishi, bu jarayon faqat mamlakatning qonuniy rahbariyati va afg‘on xalqi ishtirokida ro‘y berishi kerak deb hisoblaydi.

"BMT Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro hamkorlikda markaziy muvofiqlashtiruvchi rolni o‘ynashi kerak", deyilgan hujjatda.

Top