15:39 / 24.06.2016
32180

ShHT yetakchilari sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasini qabul qilishdi

Shanxay Hamkorligi tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan sammit yakunida ShHTning 15 yilligi Toshkent deklaratsiyasini qabul qilishdi.

Deklaratsiya sammitning asosiy yakuniy hujjati bo‘lib, ushbu hujjatda tashkilot a'zolarining birlashmani rivojlantirish borasidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan. 

Toshkent sammiti yakunida tashkilotning 2016-2020 yillardagi faoliyati dasturi hamda ShHTning 2025 yilgacha Rivojlanish strategiyasi qabul qilindi.

Shuningdek, ShHT Hududiy aksilterror tizimi (HATT) kengashining 2015 yildagi faoliyati haqidagi dokladi tasdiqlanib, uning 2016 yilgi faoliyati bo‘yicha ma'ruzasi qabul qilindi.

ShHT rahbarlari tashkilotning navbatdagi sammitini qayerda va qachon o‘tkazish bo‘yicha ham kelishib olishgan.

Toshkent sammiti mezboni, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ShHT davlat rahbarlarining navbatdagi majlisi 2017 yilning 7-8iyunida Ostonada bo‘lib o‘tishini ma'lum qilgan.

Sammitda ShHT davlatlari turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirishi bo‘yicha dastur imzolangan.

Top