09:48 / 25.06.2016
13381

Erdo‘g‘an Turkiyaning YeIga qabul qilinmayotgani sababini aytdi

Turkiya prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, YeI yaqin orada hech narsa o‘zgarmasa, Buyuk Britaniyadan o‘rnak olib, tashkilotni tark etishni xohlab qoluvchi mamlakatlarga duch keladi, deya xabar qilmoqda Reuters agentligi. 

Erdo‘g‘an Birlashgan Qirollikning YeIdan chiqishiga oydinlik kirituvchi referendum natijalari e'lon qilingach bergan bayonotida, YeI islomofobiya tufayli Turkiyaning tashkilotga a'zo bo‘lishini ortga surib kelayapti, degan fikrlarni ilgari surdi. 

Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyer YeI mamlakatlari Brexit uchun Buyuk britaniyadan o‘ch olmasliklari kerakligini aytgan edi.

 

foto: REUTERS/MURAD SEZER

 

Top