17:17 / 26.06.2016
5334

Birlashgan Arab Amirliklarida internet tarqatuvchi chiqindi qutilari paydo bo‘ldi

BAAdagi Sharja shahri ko‘chalarida Wi-Fi tarqatuvchi chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda: dunyo tarmog‘iga ulangan birinchi 10ta konteyner "Sharja yuragi" deb nomlangan markaziy tumanda joylashtirilmoqda.

Smart-qutilarni atrof-muhitni himoya qilish va chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan Bee’ah kompaniyasi yetkazib bermoqda. 

Internetga ulanish imkoniyatidan tashqari, konteynerlar chiqindini presslash va quti to‘lgani haqida xabar berish imkoniyatiga ega. Bunday imkoniyatlarni amalga oshirish uchun konteynerlarga quyosh batareyalari o‘rnatilgan. Jami bo‘lib yuzdan oshiq konteynerlarni shahar bo‘ylab o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Top