15:24 / 26.06.2016
22401

Klichkoni mag‘lub etgan Fyuri doping iste'mol qilganlikda gumon qilinmoqda

Superog‘ir vaznda IBO, WBO va WVA yo‘nalishlari chempioni Tayson Fyuri doping iste'mol qilganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Mirror nashri xabar beradi.

Fyuri o‘tgan yilning 28 noyabr kuni ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoni mag‘lub etib IBF, IBO, WBO va WBA yo‘nalishlaridagi kamarlarni yutib olgan edi. 9 iyul kuni ikki bokschi o‘rtasida revansh jangi o‘tkaziladi. Lekin bu jang bo‘lmasligi ham mumkin.

«Uning qonida doping bor ekani haqida shubhalar bor. Bokschining toza ekanini 100 foizga isbotlanmaguncha jang o‘tkazilmaydi»,- deydi Fyurining promouteri Mik Xennesi.

Mavzuga oid
Top