20:22 / 26.06.2016
5301

London aeroportida yo‘lovchilar samolyotdan evakuatsiya qilindilar

American Airlines aviakompaniyasining A330 samolyoti yo‘lovchilari Londonning Xitrou aeroportida evakuatsiya qilindilar, deb yozmoqda The Sun nashri.

Gazetaning ma'lum qilishicha, bunga samolyot salonida tutun chiqqani sabab bo‘lgan. Samolyot 731-reys bilan AQShning Sharlott shahriga borishi kerak bo‘lgan.

Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchilar shishirilgan traplar bo‘yicha evakuatsiya qilinganlarini ta'kidlab o‘tdilar. Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, shu yo‘l bilan samolyotdan 12 kishi evakuatsiya qilingan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ish olib borgan.

Ayni vaqtda tutun chiqishi sababi noma'lumligicha qolmoqda.

Top