16:14 / 26.06.2016
5444

Long March 7 raketasining moduli yerga qaytib tushdi

Xitoy 25 iyun, shanba kuni Xaynan provinsiyasidagi Venchan kosmodromidan muvaffaqiyatli tarzda uchirilgan Long March 7 ("Buyuk safar-7") yangi avlod eltuvchi raketasi moduli yerga qaytib tushgan. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar tarqatgan.

"Buyuk safar-7" raketasi loyihalanish va ishlab chiqarilishning barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalardan foydalanib yaratilgan birinchi raketa bo‘ldi. Uning yuk ko‘tarishi 13,5 tonnani tashkil qiladi. Bu raqam Xitoyning boshqa raketalaridan 1,5 barobar ko‘proqni tashkil qiladi. 

Raketaning uchirilishi Xitoyning 4-raqamli Venchan kosmodromidan birinchi parvoz bo‘ldi.

Long March 7 uchirilishi Xitoy orbital stansiyasi tuzilishining bir qismi bo‘lishi kutilmoqda.

Top