12:51 / 26.06.2016
5547

Morata: Men Zidanga biron nimani isbotlashga majburmasman

«Real» jamoasining Turinning «Yuventus» jamoasidan qaytarib olingan hujumchisi Alvaro Morata Madridda asosiy tarkibga kirishiga umid qilmoqda.

«Men Zinedin Zidanga hech narsani isbotlashim shart emas. Men „Kastilya“ futbolchisi emasmanki, unga „Real“ bilan mavsumoldi tayyorgarlikni o‘takzish imkoniyati bergani uchun minnatdorchilik bildirsam. „Qaymoqranglilar“ tarkibida asosiy tarkibga kirish-kirmasligimni rahbariyat hal qilsin. Men asosiy tarkibga munosibligimni isbotlash uchun bor kuchim bilan harakat qilaman, agar rahbariyat boshqa qarorga kelsa, buning javobi ham boshqacha bo‘ladi.

Hozir kelajagim haqida o‘ylayotganim yo‘q, bor diqqatimni Ispaniya terma jamoasi bilan Yevro-2016da g‘olib chiqish uchun qaratganman. Men kelajakda nima bo‘lishini xotirjamlik bilan kutmoqdaman. Hozircha „Real“ a'zosiman va boshqa gapim yo‘q. Men bu klubni sevaman va bu klubda muhim o‘yinchi bo‘lishni, asosiy tarkibdagi muqim o‘rnimga ega bo‘lishni istayman», — deya Moratadan iqtibos keltiradi Cuatro.

Manba: Tribuna.uz

Top