12:50 / 26.06.2016
5295

Nigeriya armiyasi terroristlar qo‘lidan 5 ming asirni ozod qildi

Nigeriya Qurolli kuchlari mamlakat shimoli-sharqida o‘rnashgan jangarilar qo‘lidan 5000 kishini ozod qildi. Bu haqda armiyaning tvitterdagi sahifasi orqali xabar qilingan.

"Nigeriya qurolli kuchlari Borno shtati hududidagi yana bir qancha qishloqdan surib chiqardi. Janglar davomida 6 kishi o‘ldirildi, asirlikda saqlab kelingan 5000 kishi ozod qilindi", deyilgan xabarda.

Nigeriya hududida "Boko Haram" tashkiloti harakatlanadi. Uning a'zolari g‘arbona odatlar Nigeriya hayotiga kirib kelishiga qarshilik ko‘rsatadi va butun mamlakat hududiga shariat tartiblarini o‘tkazishni maqsad qilgan. Tashkilot Nigeriyadan tashqarida ham, Kamerun, Chad va Niger hududlarida bir necha yillardan buyon davomli ravishda teraktlar sodir etib keladi.

Top