17:25 / 26.06.2016
3741

«Shalke» Emboloning transferini e'lon qildi

«Bazel» jamoasi a'zosi, Shveytsariya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida ishtirok etib qaytgan hujumchi Breel Embolo faoliyatini «Shalke» jamosida davom ettiradi.

Nemislar klubi ushbu 19 yoshli hujumchining transferi haqida e'lon qildi. U bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan.

Tomonlar transfer qiymatini oshkor etishmagan.

Bild nashri xabariga ko‘ra esa, Emboloning transferi «Shalke»ga 21 million yevroga tushgan. Bu miqdor 3ga bo‘lib to‘lanadi (3 marta 7 million yevrolik transh).

«Shalke»dan tashqari bu futbolchi uchun 2 yildan buyon «MYu» jiddiy ravishda qiziqish bildirayotgandi.

Hujumchi «Bazel» safida 90 uchrashuvda maydonga tushgan va 31 gol urib, 22ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Bundan oldinroq, Embolo «Shalke»ni tark etadigan Leroy Sane o‘rnini egallashi haqida xabarlar berilgandi.

20 yoshli Sanega talabgorlar orasida«Bavariya» va «Manchester Siti» jamoalari nomlari bor.

Top