13:49 / 27.06.2016
5400

Londonda Uimbldon turniriga start berilmoqda

Bugun, 27 iyul kuni Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida Uimbldon tennis turniri boshlanadi. “Katta Dubulg‘a” turkumidagi mazkur turnir eng qadimgi va nufuzli musoqaba hisoblanib, ushbu mavsum 130-chisi.

1868 yilda London janubi-g‘arbiy chekkasidagi Uimbldonda "Butun Angliya kroket klubi" tashkil topgan, sakkiz yildan so‘ng bu joyda tennis o‘ynala boshlangan. 1877 yilda Uimbldonda birinchi tennis turniri bo‘lib o‘tib, 1968 yildan bu turnir “Uimbldon ochiq turniri” maqomini oldi. 140 yildan buyon ushbu turnirning qoidalariga hech qanday o‘zgartirish kiritilmadi.  

Uimbldondagi turnir o‘zining shartli an'analari bilan mashhur bo‘lib, birinchi galda - ishtirokchilarining oq kiyimlarda harakat qilishi,  tennischilar va hakamlarning bir biriga “Janob” va “Xonim” deya murojaat qilishi muhim sanaladi. 

Shuningdek, Uimbldon o‘yinlariga muntazam ravishda qirollik xonadoni vakillari tashrif buyurishi odat tusiga kirgan. 

Turnir favoritlari bu safar ham keyingi 2 yil ichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan serbiyalik Novak Jokovich va amerikalik Serena Uilyams bo‘lishi kutilmoqda. 29 yoshli Jokovich mavsumni a'lo darajada o‘tkazmoqda, u “Katta Dubulg‘a” turkumi doirasidagi ikki turnirda g‘olib chiqdi: Yanvardagi Avstraliya ochiq chempionati hamda may oyida, Parij shahrida o‘tkazilgan “Rolan Garros” turnirida.

34 yoshli Uilyams Uimbldonda shu vaqtgcha 6 marta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Lekin u 2016 yilda “Katta Dubulg‘a” turkumida hali zafar quchmagan.

Jokovich birinchi raqam ostida, mezbonlar vakili, britaniyalik Endi Marrey ikkinchi raqam ostida tasniflangan. Shveytsariya vakillari Rojyer Federer va Sten Vavrinka esa turnirning uchinchi va to‘rtinchi raqam ostidagi sportchilaridir.

Ispaniyalik Rafael Nadal jarohati tufayli bu galgi turnirni o‘tkazib yuboradi.

Juftliklar va aralash juftliklar o‘rtasidagi g‘oliblarni aniqlash turnirida o‘smirlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilib, unda tennis faxriylari hamda mehmonlari ham ishtirok etadi.  

Ikki hafta davomida ochiq yashil maydonda o‘tkaziladigan Uimbldon - 2016 turniri 10 iyul kunida yakunlanadi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 36,5 mln yevroni tashkil etadi. 

Uimbldon “ochiq turnir” maqomini olganidan keyin erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida amerikalik Pit Sampras va Rojyer Federer 7 martadan g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan.

Chexoslovakiyalik Martina Navratilova esa ayollar o‘rtasidagi turnirlarda 9 marta g‘olib chiqqan. (Germaniyalik Shteffi Graf 7 marta, amerikalik Serena Uilyams 6 marta).

Rossiya vakili Mariya Sharapova 2004 yili 17 yoshida Uimbildon chempioni bo‘lgan. 

2011 yilda Mariya Sharapova chexiyalik Petra Kvitova bilan bo‘lgan bahsda omadni qo‘ldan boy bergandi, 2010 yili esa yana bir rossiyalik Vera Zvonareva Serena Uilyamsga yutqazgandi.

Mavzuga oid
Top