08:52 / 27.06.2016
3972

AQShda poyezd va avtomobilning to‘qnashishi oqibatida 4 bola halok bo‘ldi

AQShning Kolorado shtatida yo‘lovchi poyezdi va avtomobil to‘qnashib ketdi, deb ma'lum qildi NBC News.

To‘qnashuv oqibatida avtomobilda bo‘lgan 5 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida 4 bola bo‘lgan. Bir kishi omon qolgan.

Tergovchilarning aytishicha, barcha qurbonlar xavfsizlik kamarini taqqan holda bo‘lganlar. Ta'kidlanishicha, avtomobil haydovchisi temir yo‘l izlarini kesib o‘ta olmagani avariyaga sabab bo‘lgan.  

O‘z navbatida, Chikagodan Los-Anjyelesga ketayotgan poyezddagi 280 dan ko‘proq yo‘lovchidan hech qaysi biriga jarohat yetmagan.

 

foto:Google image

Top