23:53 / 27.06.2016
3853

Yamanning Al-Muqalla shahridagi portlashlar qurbonlari 17 kishiga yetdi 

Yamanning Al-Muqalla shahrida yuz bergan 4 ta portlash qurbonlari soni 17 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Sky News Arabiya.

Avvalroq 14 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, portlashlarni terrorchi-xudkushlar amalga oshirgan.  

"Al-Xadas" telekanalining ma'lum qilishicha, hujumlardan maqsad harbiy obektlarni nishonga olish bo‘lgan.

Ayni vaqtda birorta terrorchilik guruhi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Biroq Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, uchta portlash yuz bergan, 14 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohatlangan. Agentlikning ma'lum qilishicha, bu hujumlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Top