07:34 / 27.06.2016
4019

Shotlandiya poyezd-attraksion izdan chiqishi oqibatida odamlar jabrlandi

Shotlandiyadagi Moteruell shahrida M&D's attraksionlar bog‘ida noxush voqea yuz berdi. "Tsunami" deb nomlangan poyezd-attraksionda avariya yuz bergan. Poyezd vagonchalaridan biri rels bilan ilashishni yo‘qotib, 10 metrlik balandlikdan yerga qulab tushgan. Voqea oqibatida 9 bola va 2 nafar katta yoshli odam jarohat olgan. Ularning barchasi turli jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilganlar.

Ayni vaqtda bog‘ yopib qo‘yilgan. U yerda tergovchilar voqea sabablarini o‘rnatish bo‘yicha ish olib bormoqdalar.

Top