22:09 / 28.06.2016
4321

Google konstruktor yordamida bolalarni dasturlashga o‘rgatmoqchi

Google kompaniyasi dasturlash asoslarini o‘rganishga yordam beruvchi Project Bloks konstruktorining prototipini taqdim etdi. Bu haqida Google dasturchilarning blogida xabar berildi.

To‘plam bir necha bo‘laklardan tashkil topgan — bosh plata, asosiy modul va shaybalar. Ushbu bo‘laklar "dasturning" ma'lum bir harakatlarini kiritishda yordam beradi. Dasturchilar o‘z loyihalarini kodlarni material bloklar yordamida kirituvchi dasturlash tili deb hisoblashmoqda.

Google vakilining fikriga ko‘ra, Project Blocks yordamida bolalar o‘qish va yozishdan oldin dasturlarni yaratishga o‘rganib olishadi. Loyihaning g‘oyasi bir necha tadqiqotlar natijalariga asoslandi. Ularga ko‘ra, bolalar o‘yin davomida qo‘l motorikalarini va taktil hissiyotlardan foydalanib, axborotni yaxshiroq qabul qilishadi.

Hozirgi kunda Project Blocks rivojlantirish bosqichida. Google loyihani ommaviy bozorga qachon chiqarishi haqida xabar bermadi.

Top