15:15 / 28.06.2016
7420

Xitoyning ARJ-21 samolyoti o‘zining ilk tijorat parvozini amalga oshirdi

Xitoyning mintaqaviy yo‘lovchi samolyoti ARJ-21, 28 iyun kuni o‘zining birinchi tijorat parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi, bu uni rasman foydalanishga topshirilganini anglatadi, deb xabar qilmoqda XXR OAV. 

Havo layneri birinchi reysini Sichuan provinsiyasidagi Chendu shahridn Shanxayga amalga oshirgan. Xitoy markaziy televideniyesi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida 70 kishi bo‘lgan. 

ARJ —21 havo layneri 2015 yil noyabr oyida foydalanish uchun Chengdu Airlines aviakompaniyasi ixtiyoriga topshirilgan edi. ARJ-21 – Xitoyning birinchi milliy samolyoti bo‘lib, xalqaro me'yorlar negizida barpo etilgan. U, Airbus 320 va Boeing 737lar bilan raqobatlashishi kutilmoqda. 78-90 yo‘lovchiga mo‘ljallangan havo layneri 2225 kmdan 3700 kmgacha bo‘lgan masofaga parvoz qila oladi. 

Commercial Aircraft Corp. of China (COMAC) kompaniyasining ma'lum qilishicha, shu paytgacha turli aviakompaniyalar tomonidan 300dan ortiq buyurtma kelib tushgan. 
 

Top