19:12 / 28.06.2016
9258

Ikea bolalar o‘limi tufayli millionlab shkaflarini qaytarib olmoqda

Shvetsiyaning Ikea kompaniyasi uch nafar bolaning o‘limi tufayli o‘z komodlar seriyasini qaytarib olmoqda. Bu faqat MALM seriyali shkaflarga tegishli, deya xabar qiladi NBC telekanali.  

Kompaniya bu seriyadagi shkaflarni ishlab chiqarish bilan birga uning sotuvini ham butkul to‘xtatadi. MALM shkaf va komodlari Ikea saytidan olib tashlangan. 

Bunday shkaflarni sotib olgan millionlab kishilarga pullari qaytariladi yoki kompaniya do‘konlarida yangi xaridni amalga oshirish uchun kredit taqdim etiladi.

Ikea'ning murojaatida shkaflarni qaytarib olishga bir necha bolaning halokatli o‘limi sabab sifatida keltirilgan. Kompaniya ularning mijozlari xonadonlarida xavfsiz bo‘lmagan mebel mavjudligi hamda Ikea bu xatosini to‘g‘irlamoqchi ekani haqida ma'lum qilgan. 

Kompaniya 2014 yildan buyon uch nafar bola komodning ag‘darilishi va bosib qolishi natijasida halok bo‘lganini tasdiqladi. Shkaf qulashi natijasida bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar hayotdan ko‘z yumgan. Bundan tashqari, yana o‘nlab bolaga jarohat yetgani to‘g‘risida murojaatlar bo‘lgan. 

Xavfli komodlar 10 yildan ortiq vaqt sotilgan. Ular past bahosi tufayli mijozlar orasida tanilgan edi. Philly.com ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilda ta'mirlash dasturiga tushgan 29 million mebel mahsuloti qaytarib olinadi.

Top