10:29 / 28.06.2016
8711

Malayziya tungi klublarining birida sodir bo‘lgan portlashda 8 kishi yaralandi

Malayziyadagi tungi klublarning birida Yevropa futbol matchini tomosha qilib o‘tirgan bir guruh odamlarga qarata noma'lum shaxs granata uloqtirgan. Boshqa ma'lumotlarga  qaraganda esa portlovchi jism oddiy shisha idishi bo‘lib, uning ichida yonuvchi aralashmali suyuqlik bo‘lgan. Malayziyaning Puchong shahrida sodir bo‘lgan ushbu portlashdan sakkiz kishi yaralangan. Bu haqda  Star nashri xabar bermoqda. 

Voqea Seshanba kuni tongda sodir bo‘lib, 4  nafar erkak va 4 nafar ayol turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.  Shifokorlardan biri ular olgan jarohat hayotiga xavf solar darajada emasligini bildirdi.  

Ayni damda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu holat yuzasidan tergov jarayonlarini boshlab yuborgan. Hozircha yuz bergan mazkur holat terrorchilik harakatlarini istisno etmoqda.

foto:Google image

Top