22:34 / 28.06.2016
7233

Turkiya Su-24 uchuvchisining o‘limi uchun uning oilasi talab etsa, tovon puli to‘laydi

Rossiyalik marhum uchuvchi Oleg Peshkovning oilasi a'zolari Turkiyadan tovon to‘lashni talab qilib murojaat qilsa, bu masala Turkiya tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidentining matbuot xizmati rahbari Ibrohim Qalin NTV telekanali orqali ma'lum qildi.

"Biz zarurat tug‘ilsa, Turkiya prezidenti maktubida aytilgani kabi "marhumning oila a'zolari qayg‘usini yengillatish uchun" shunday qadam tashlashga tayyormiz. Agar bu oila vakillari tegishli murojaat bilan chiqsa, biz albatta buni inobatga olamiz va bu masalaga insoniy nuqta nazardan qaraymiz. Hozircha bizga bunday murojaat kelib tushmagan", degan u.

Qalin Turkiya prezidentining Putinga yo‘llagan maktubida marhum uchuvchining oilasi uchun atalgan qismida "uzr" so‘zi ishlatilganini qayd etgan.

"Bu barcha insonlarga xos hamdardlik so‘zlari. Inson o‘limi bilan tugagan voqea uchun prezident marhumning yaqinlariga ta'ziya bildirgan. Bu Rossiya tomonidan qabul qilingani bizni xursand qildi", degan Qalin.

Top