05:33 / 29.06.2016
4688

AQShning Denver shahrida otishma yuz berdi

AQShning Kolorado shtatidagi Denver shahrida noma'lum erkak otishma sodir etdi, deb yozmoqda The Denver Post.

Otishma oqibatida ko‘plab odam yarador bo‘ldi. Jabrlanganlarning aniq soni hozircha noma'lum, voqea sabablari aniqlashtirilmoqda. Huquq-tartibot muassasalari barcha yo‘llarni yopib qo‘ygan va aholidan otishma joyidan uzoqroqda bo‘lishni so‘ragan.

Denver politsiyasi voqea joyini o‘rab oldi. Kamida 3 ta tez tibbiy yordami mashinasi jabrlanganlar bilan mahalliy shifoxonaga yo‘l olgan.

Top