16:29 / 29.06.2016
9255

Halab shahriga uyushtirilgan hujum oqibatida 16 kishi nobud bo‘lgan

Qurollangan muxolifat jangarilari Suriya shimolidagi Halab shahriga reaktiv o‘t ochish tizimlaridan zarbalar bergan. "Furot" axborot agentligining xabariga ko‘ra, jangarilar o‘rnashib olgan Bani Zayd shahri chekkalaridan aholi turarjoylariga qarata kamida 30 ta snaryad otilgan. 

Ushbu hujumlar 16 kishining umriga zomin bo‘lgani xabar qilingan. 28 iyun kungi zarbalar chog‘ida 5 kishi hayotdan ko‘z yumgani aytilgandi. 

Ayni chog‘da, Suriya harbiy havo kuchlari Halab shimoliga havo zarbalari bergan. 
 

Foto:Google image

 

Top