01:30 / 29.06.2016
15663

Otaturk aeroportidagi portlashni terrorchi-xudkush amalga oshirgan bo‘lishi mumkin

Turkiya hukumati Istanbul xalqaro aeroportida portlagan bombani xudkush-terrorchi harakatga keltirgan, deb taxmin qilmoqda. Bu haqda mahalliy telekanal ma'lumotiga asoslanib Reyter xabar qildi.

Seshanba kuni Istanbul xalqaro aeroportida kamida ikkita portlash amalga oshirilgani, aeroport avtomobillar turar joyida esa otishma bo‘lib o‘tgani xaqida xabar qilingan edi. Voqea joyiga tez yordam karetalari hamda politsiya yetib kelgan. Shuningdek, mahalliy taksi haydovchilari ham jarohatlanganlarni kasalxonalarga yetkazishda ko‘mak ko‘rsatgan.

Istanbul aeroportida portlash va otishma sodir bo‘ldi 

Mavzuga oid
Top