15:35 / 29.06.2016
12468

Putin va Erdo‘g‘an 40 daqiqa davomida suhbatlashdi

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi. NTV telekanalining turkcha talqinida ma'lum qilinishicha, siyosatchilarning suhbati 40 daqiqa davom etgan.

Qayd etilishicha, bu muloqot matni keyinroq ma'lum qilinadi.

Turkiya prezidentiga yaqin manbalarda bildirilishicha, ushbu suhbat "juda samarali va ijobiy ruhda o‘tgan".

Top