20:39 / 30.06.2016
25758

Avtohalokat tufayli xonanda Ahror Usmonovning ahvoli og‘ir ekanligi ma'lum bo‘ldi

Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov Instagram’dagi o‘z sahifasida xonanda Ahror Usmonovning avtohalokat tufayli ahvoli og‘ir ekanligi haqida so‘z yuritadi. Ma'lum bo‘lishicha, Ahror Usmonov Xonanda Alijon Isoqovga tegishli Toyota Land Cruiser Prado avtomobilining bordyurga urilib, ag‘darilib ketishi oqibatida tan jarohati olgan.

«Inson ertaga nima bo‘lishini bilmaydi. Ajoyib ovoz sohibi, yaxshi ukam Ahror Usmonov avtohalokat sabab, bir haftadirki, juda og‘ir ahvolda yotibdi. Muxlislarimizdan iltimos, shunday aziz kunlarda shu yigitning haqqiga duo qilinglar. Bolalarining, o‘zbek san'atining baxtiga sog‘ayib ketsin», — deb yozadi Obid Asomov.

Ma'lumot uchun: xonanda Alijon Isoqovning Toyota Land Cruiser Prado avtomobili Chorvoq yo‘lida avariyaga uchragan. Avtomobil ichida Alijon Isoqovdan tashqari Ahror Usmonov, uning turmush o‘rtog‘i va uch qizi hamda bir shogirdi, jami yetti kishi bo‘lgan, hodisa vaqtida avtomobilni Ahror Usmonovning turmush o‘rtog‘i boshqarayotgan bo‘lgan.

Top