11:29 / 30.06.2016
7440

Barak Obama: neft narxi ko‘tarila boshlaydi

AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, istiqbolda neft narxi ko‘tariladi, deb yozmoqda National Observer.

«Hozirda neft arzon, ammo u qimmatlashadi va yanada qimmatlashib boraveradi. Chunki, uning zaxirasi cheklangan va uni qazib olish tobora serxarajat bo‘ladi», — degan Amerika yetakchisi. 

U, shuningdek, ekologik toza energiya manbalarini joriy qilishga chaqirib, bu sohada «quyosh, shamol, gidroenergetika, bioreaktor rivojlanayotgan»ini hamda inson xayoliga kelmagan texnologiyalar paydo bo‘layotganini ta'kidlagan. 

 

Foto:Google image

Top