22:33 / 30.06.2016
4577

Ibrahimovich «Manchester Yunayted» bilan shartnoma tuzishi haqida ma'lum qildi

«Pari Sen-Jyermen» jamoasini erkin agent sifatida tark etgan Zlatan Ibrahimovich faoliyatini «Manchester Yunayted» jamoasida davom ettirishi haqida ma'lum qildi.

«Dunyoga bildiradigan vaqt keldi: moy mening keyingi joyim — «Manchester Yunayted», – deya yozdi Ibrahimovich o‘z instagramida.

Ibragimovich shu paytga qadar «Malmyo», «Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «Milan» va «PSJ» jamoalari tarkibida to‘p surgan.

Ibrahimovich keyingi 4 mavsumda eng ko‘p gol urgan 5 futbolchidan biri. U Ronaldu (148ta gol) va Messidan (143ta gol) keyin 113ta gol bilan uchinchi o‘rinda. Undan keyingi ko‘rsatkichlar Suares (110) va Levandovskiga (91) tegishli.

Zlatan va «Manchester Yunayted» 1 iyun kuni 1 yillik shartnoma tuzishi kutilmoqda. Futbolchining maoshi haftasiga 220 ming funtni tashkil qilishi aytilgan.

Top