Meksikaning Verakrus shtati gubernatoriga shisha idishlar bilan hujum qilindi

Jahon 30 Iyun 2016 3306

Meksika sharqidagi Verakrus shtatida bir necha o'n kishidan iborat olomon, shtatning yangi saylangan gubernatori Migel Anxel Yunes va Milliy harakat partiyasi yetakchisi Rikardo Anayya bo'lgan mashinaga shisha idishlar bilan hujum qilishdi, deb xabar qilgan Anayyaning o'zi tvitterdagi sahifasida. 

«Bizga Xaver Duarte (shtatning amaldagi rahbari) yuborgan odamlar dahshatli tahdid qilishdi. Korruptsiyaning qonuniy tus olishiga imkon bermaymiz! Bir qadam ham ortga yo'l yo'q!», — deyiladi Anayya xabarida.

Hodisa natijasida ikki kishi, xususan siyosatchilarning tansoqchisi ham jabrlangan. 

 

Ko'proq yangiliklar: