09:42 / 30.06.2016
10902

Olimlar ilk bora uxlayotgan bahaybat oq akulani suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi

Olimlar birinchi marta katta oq akulaning uxlab yotgani aks ettirilgan ajoyib video olishga muvaffaq bo‘lishdi.   Akulalarning o‘ziga hos jihati shundaki, ular hech qachon to‘xtashmaydi. Aks holda ular suv tubigacha tushib, bo‘g‘ilib qolishi mumkin. Mazkur rolikni Discovery kanali joylashtirgan. 

Rolik telekanalning boshqaruvchisiz harakatlanadigan suvosti robokemasi yordamida suratga olindi. Gizmodo xabar berishicha, akula tushida o‘ziga hos "avtomatik harakat" bilan sekin suzib boraveradi. Bundan tashqari, yirtqichning og‘zi bu vaziyatda ochiq bo‘ladi. 
 

Mavzuga oid
Top