00:30 / 01.07.2016
5997

Android’ning yangi operatsion tizimining nomi e'lon qilindi

Android'ning navbatdagi dasturiy ta'minoti «Nuga» (Nougat) deb nomlandi. Bu haqida operatsion tizimning tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berildi

Avvalgi tahminlarga ko‘ra, N harfi "Nutella"ni (shokolad  pastasining nomi) anglatishi mumkin edi. Android an'anaga ko‘ra yangi mobil dasturiy ta'minotiga (DT) shirinliklar nomini beradi. Boshqa variantlar ichida Nesquik (shokoladli ichimlik) va Nacho (Meksikaning «nachos» nomli yeguligi) ham bor edi.
«Android Nougatni taqdim etamiz. Dunyo, "shirin" g‘oyalaring uchun rahmat», — deyiladi tvitterdagi xabarda.

Yangi operatsion tizim shu yil yoz faslining ohirgi oylarida - kuz faslining boshida ommaga foydalanish uchun chiqariladi. Hozirgi kunda operatsion tizim beta-testidan o‘tmoqda. 

Top