15:23 / 01.07.2016
3095

Braziliya Facebook hisobini bloklab qo‘ydi

Braziliya sudi Facebook'ga tegishli bo‘lgan WhatsApp kompaniyasi narkotrafikda aloqador deb gumon qilinayotgan foydalanuvchining qator yozishmalarini ochib berishdan bosh tortgani uchun ijtimoiy tarmoqning mamlakatdagi 19,5 million real (6 million dollardan ortiq) hisobini bloklab qo‘ydi. Mavzu yanvar oyidan beri Braziliya federal politsiyasining kokain sotuvchilarining xalqaro tarmog‘iga qarshi olib borayotgan tergovlari xususida bormoqda, deb xabar qiladi “Reyter”. 

WhatsApp messenjeri ularning yozishmalarini oshkor etishdan bosh tortgan, shundan so‘ng kompaniya mablag‘larini bloklab qo‘yish qarori qabul qilindi. WhatsApp'ning Braziliyada hech qanday hisobi yo‘q, shuning uchun uning egasi bu borada jabr ko‘rdi.  

2015 yilning dekabrida Braziliya sudi WhatsApp mobil dasturi ishini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ygan edi. Bu holat esa Janubiy Amerika mamlakatlarida rossiyalik tadbirkor Pavel Durov tomonidan ishlab chiqilgan Telegram dasturining ko‘rsatkichi yuqori darajada o‘sishiga olib keldi.
 

Top