18:15 / 01.07.2016
12129

Chavusho‘g‘li Rossiya bilan munosabatlar tiklanishida Nazarboyev va Aliyev xizmatini e'tirof etdi

Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavusho‘g‘li, Rossiya-Turkiya munosabatlari yaxshilanishida Qozog‘iston hamda Ozarbayjon prezidentlarining vositachiligini e'tirof etdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks».

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda Turkiyaning Rossiya va Isroil bilan munosabatlarini tiklashi o‘zaro bog‘liq jarayon mahsuli emas. Shunga binoan, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Anqara va Moskva o‘rtasida vositachi bo‘lgani yo‘q. 

«Bosh vazir Netanyaxuning bunga aloqasi yo‘q. Qozog‘iston va Ozarbayjon davlat rahbarlari vositachilik qilishdi. Biroq, biz barcha qo‘shnilarimiz: Isroil va Rossiya bilan ham yaxshi munosabatda bo‘lishni xohlaymiz», — deb qayd etgan Chavusho‘g‘li. 

Top