19:26 / 01.07.2016
23588

Istanbuldagi aeroportda terrorchi o‘z qurbonlaridan birini otib tashlagani videosi paydo bo‘ldi

Turkiya nashrlarida aeroport hududidagi kuzatuv kameralaridan birida aks etgan videolavha tarqaldi. Unda aeroportga hujum qilgan terrorchilardan biri o‘zining qurbonini otib tashlayotgani tasvirlangan.

Unda terrorchi o‘zidan shubhalanayotgan o‘tkinchiga ikki marta o‘q uzadi.

29 iyun oqshomida Istanbul aeroportiga 3 nafar terrorchi uyushtirgan hujum oqibatida 43 kishi halok bo‘ldi, 239 kishi jarohatlandi. Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim bu terakt ortida IShID turgani haqida ma'lum qildi.

Turkiya maxsus xizmatlari 30 iyun kuni uyushtirilgan reydlar natijasida 27 kishini hibsga oldi, ulardan 13 nafari turkiyalik, 14 nafari xorijlik.

Top