01:09 / 01.07.2016
20231

Malika Diananing to‘yidagi noma'lum suratlar namoyish etildi

Malika Diana va shahzoda Charlzning nikoh to‘yidagi shu vaqtgacha noma'lum bo‘lgan suratlar 24 sentabr kuni Bostonda RR auksion uyining kim oshdi savdosiga qo‘yiladi. 

Qirollik oilasining 7x5 hajmdagi rangli va 10x8 hajmdagi oq-qora suratlari ilk bor OAVda chop etildi. 

Bu suratlar 1981 yil 29 iyul kuni marosimning norasmiy fotosuratchisi lord Patrik Lichfild —  Yelizaveta IIning amakivachchasi tomonidan olingan. Avliyo Pavel cherkovida olingan fotosuratlar ekspertlar tomonidan rasmning birginasi uchun 1000–2000 dollarga baholanmoqda. Biroq ularning 18 000 dollardan ham yuqori narxga sotib olinishi kutilmoqda. Sababi, avvalroq malika Diananing surati auksionda aynan shunday narxda sotilgan edi.

Top