14:20 / 01.07.2016
4572

Meksikalik ayol 117 yoshida tug‘ilganlik haqida guvohnoma oldi

Mexikoning eng keksa ayoli, 117 yoshli Trinidad Alvares o‘zining ilk tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini shahar ijtimoiy taraqqiyot vazirining qo‘lidan qabul qilib oldi.

Alvares 1898 yilda tug‘ilgan. Ikki yoshligida ota-onasi uni Mexiko shahriga olib kelishgan. Ayol hech qachon turmushga chiqmagan va cho‘qintirgan onasining yetti nafar bolasining tarbiyasi va uy ishlari bilan umr kechirgan. Shu paytgacha unda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bo‘lmagan.

Shahar vazirligi amaldorlari ayolni topib, unga tug‘ilganlik guvohnomasini topshirishdi. Oradan bir kun o‘tib esa, ayol infarktdan vafot etdi.

 

foto: propiedad de: Expreso

Top