12:13 / 01.07.2016
7817

Si Jinping marksizm qoidalarini zamonaviy Xitoy voqeliklariga moslashtirishga chaqirdi

XXR raisi, Xitoy Kompartiyasi markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Si Jinping partiyadosh safdoshlarini marksizm qoidalarini Xitoyning bugungi kun talablariga moslashtirish, nazariy va amaliy jihatdan yangiliklarga intilishga chaqirdi.  

U, dunyodagi eng yirik siyosiy harakat bo‘lgan Xitoy kommunistik partiyasining 95 yilligi munosabati bilan qilgan ma'ruzasida shunday fikrlarni bildirgan. 

"Marksizm so‘nggi haqiqat emas. U haqiqatga yo‘l ochuvchidir", - deya Jinping so‘zlarini keltiradi "Sinxua" agentligi. 

Xitoy yetakchisining qayd etishicha, mamlakat kommunistik partiyasi marksizm g‘oyalariga sodiqligini namoyish etishda davom etmoqda. 

U shuningdek, XKPni "kommunizmning xitoycha uslubi, yo‘li, nazariyasi, tizimi va madaniyatini mustahkamlashda bardam bo‘lish"ga chaqirgan.

XXR raisining fikricha, korrupsiya va poraxo‘rlik Xitoy kommunistik partiyasi uchun eng katta tahdid hisoblanadi. 

2015 yil oxiridagi ma'lumotlarga ko‘ra, XKP 88 million 758 ming a'zoga ega bo‘lgan. 
 

Top